- Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD)
- Vol: 4 Issue: 1
- ABDULLA QODIRIYNING O‘ZBEK ADABIY TILI VA MATBUOTI RIVOJIDAGI XIZMATLARI
ABDULLA QODIRIYNING O‘ZBEK ADABIY TILI VA MATBUOTI RIVOJIDAGI XIZMATLARI
Authors : Murodqosim Abdiyev
Pages : 8-15
Doi:10.30563/turklad.649234
View : 15 | Download : 4
Publication Date : 2020-06-20
Article Type : Research
Abstract :Ushbu maqolada o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda ro‘y bergan siyosiy va ma`rifiy o‘zgarishlarning qisqacha sharhi berilgan. Shu bilan birga musulmon turkiylar jadidchiligining asoschisi Ismoil G‘aspiralining " Tarjumon” gazetasining o‘lkada ma`rifatchilik g‘oyalarining yoyilishidagi roli bilan bo‘liq masalalari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek maqolada o‘sha davrda o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning yangi o‘zbek adabiy tili, xususan o‘zbek milliy matbuoti rivojidagi xizmatlari ham yoritib berilishiga harakat qilingan. Xususan, uning yangi o‘zbek adabiy tili hamda milliy matbuoti shakllanishidagi xizmatlari, aniqrog‘i uni yaratish borasidagi harakatlari va zahmatlari dalillar bilan ifodalangan. Uning hozirgacha bir nom bilan o‘zgarishsiz nasr etib kelinayotgan " Mushtum” jurnalining tashkilotchilaridan biri ekanligi, adib jurnal sahifalarida mahalliy matbuotda yagona o‘zbek adabiy tili me`yorlarining shakllanishiga putur etkazayotgan unsurlarni ayovsiz ravishda hajv qilish jarayonlari tahlil etilgan. Shunigdek, maqolada adibning poliglot sifatida arab, fors, turk, rus tillarini mukammal biganligi bois juda ko‘plab adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilganligi hamda sharqshunos olim K. Yudaxin bilan hamkorlikda " Ruscha-ozbekcha lug‘at” tuzish ishlarida qatnashganligi singari masalalar haqida ham fikr yuritilgan.Keywords : Jadidchilik, Adabiy Til, Matbuot, So`z, Gazeta, Lug`at, Tarjimon